Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Budjet tashkilotlari xodimlari maoshiga qo‘shimcha to‘lovlar to‘xtatiladi

Budjet tashkilotlari xodimlari maoshiga qo‘shimcha to‘lovlar to‘xtatiladi

Foto: Xabar.uz

«2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Hukumat qarori (232-son, 16.04.2020-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, budjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga 2020-yilning 16-aprelidan 1-oktyabriga qadar moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishi to‘xtatib turiladi (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq to‘lashning 1-3 razryadlari qo‘llaniladigan xodimlardan tashqari).

Shuningdek, budjet tashkilotlarida:

  • asosiy vositalarni xarid qilish va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlar joriy yilning 1 iyuliga qadar to‘xtatiladi va ushbu maqsadlar uchun II chorakda rejalashtirilgan mablag‘lar qisqartiriladi yoki 2020 yilning ikkinchi yarim yilligiga o‘tkaziladi;
  • kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, qog‘oz va boshqa kanselyariya tovarlari xarid qilish, tadbirlar o‘tkazish, joriy ta’mirlash va boshqa xarajatlar qisqartiriladi.

Qaror bilan respublika va mahalliy budjetlardan maqbullashtiriladigan xarajatlar tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring