Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2021-yilda respublika budjeti nimaning hisobiga shakllantiriladi?

2021-yilda respublika budjeti nimaning hisobiga shakllantiriladi?

«2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qonun loyihasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va 2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan. Bu haqda «Norma» xabar bermoqda.

Qonun loyihasida 2021-yil uchun respublika budjeti daromadlari prognozi keltirilgan, mlrd so‘mda:

Respublika budjeti daromadlari - 120 160,4

1. Bevosita soliqlar – 32 353,1

1.1. Foyda solig‘i – 26 047,2

1.2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – 6 305,9

2. Bilvosita soliqlar – 60 204,0

2.1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i – 46 955,4

2.2. Aksiz solig‘i – 9 950,2

2.3. Bojxona boji – 3 298,4

3. Resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘i – 12 922,8

3.1. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq – 12 922,8

4. Boshqa daromadlar va soliq bo‘lmagan boshqa tushumlar – 14 680,6.

Hujjatning loyihasida 2021-yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari ham belgilangan.

2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining yuqori chegarasini YaIMga nisbatan 5,4% miqdorida belgilash taklif qilinmoqda.

Shuningdek, qonun loyihasida moliya yili yakuniy sanasi holatiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzi qoldig‘ining miqdori bu yil YaIMga nisbatan 60%dan oshmasligi nazarda tutilgan.

2021-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida ichki va tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan sof hajmi $5,5 mlrd, shundan, davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun – $2,2 mlrd (shu jumladan, davlat qimmatli qog‘ozlari – 5 trln. so‘m), investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun – $3,3 mlrd miqdorida belgilanadi.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring