Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Abdurahmonovning odami» ishdan ketgani aytilmoqda

«Abdurahmonovning odami» ishdan ketgani aytilmoqda

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov.

Foto: «Xabar.uz»

Andijon tumani hokimi (katta-kichik davrada esa go‘yoki viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning «odami» ekani aytiladi) Ulug‘bek Isomiddinov ishdan ketgani haqida aytilmoqda.

O‘tgan yilning aprel oyida ham U. Isomiddinov ishdan olingani, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i F. Buzrukov Andijon tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabarlar tarqalgandi.

Hokimning bir necha nafar o‘rinbosarlari qolib, tuman rahbari vazifasini bajarish viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘iga zimmasiga yuklatilgani tarqalgan xabarlar to‘g‘ri ekani ehtimolini oshirib turgandi. Ammo qisqa vaqtdan so‘ng U. Isomiddinov yana o‘z joyiga qaytdi, uning vaqtincha ishga chiqmagani salomatligini tiklash bilan izohlandi (yana boshqarma boshliqligiga qaytgan A. Buzrukov keyinroq Jalaquduq tuman hokim etib tayinlanadi, biroq uning bu yerdagi faoliyati yarim yil davom etadi, xolos.

Qisqasi, Andijon tuman hokimining ikkinchi marta «ishdan ketgani» rasman tasdiqlangani yo‘q. Biroq, manbamizga ko‘ra, kuni kecha viloyat hokimi o‘tkazgan yig‘ilishda tumanning boshqa sektor rahbarlaridan farqli ravishda u ko‘rinish bermagan.

Ulug‘bek Isomiddinov o‘quvchilarimizga yaxshi tanish. Uning faoliyati haqida saytimizda bir emas, bir necha marta tanqidiy maqolalar chop etilgan. Bu orada hokim o‘zini tanqid qilgan jurnalistga qo‘shib, uni chop etgan boshqa nashrniyam sudga beradi. Sudda baribir jurnalistlar yutib chiqqanidan ham xabaringiz bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring