Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning 15 ta muhim islohoti

Shavkat Mirziyoyevning 15 ta muhim islohoti

Foto: «Yuksalish»

O‘zbekistonda 2017—2021 yillar davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar yangi davrni boshlab berdi. Jadal o‘zgarishlar barcha sohalarni, jumladan davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimi, iqtisodiyot va ijtimoiy soha, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, tashqi siyosatni qamrab oldi.

«Yuksalish» umummilliy harakati so‘nggi besh yilda mamlakat hayotida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan, eng samarali tashabbus hamda islohotlarni aniqlash uchun navbatdagi ekspertlik so‘rovini o‘tkazdi. 

Ma’lumot uchun: Ekspertlik so‘rovi har ikki yilda yetakchi siyosatchilar, iqtisodchilar, olimlar, jurnalistlar, huquq himoyachilari va boshqa jamoat faollaridan iborat 100 nafar mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida o‘tkaziladi. Ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan eng muhim tashabbus va islohotlar ro‘yxatini tuzadi va ovoz berish yo‘li bilan tarixiy ahamiyatga ega asosiy islohotlarni aniqlaydi. 2019 yilda o‘tkazilgan ekspertlik so‘rovida davlat rahbarining 10 ta eng muhim tashabbusi ovoz berish orqali aniqlab olingan edi.  

Joriy yilgi global so‘rov natijalariga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tarixiy ahamiyatga molik 15 ta muhim islohoti shakllantirildi. Ekspertlar fikricha, O‘zbekiston yetakchisining eng muhim islohoti bu — Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining o‘rnatilgani, chegaralar ochilgani va nazorat punktlari tashkil etilgani, Markaziy Osiyo davlatlari bilan barcha masalalar bo‘yicha konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘yilgani (96 ta ovoz).

Islohotlar ro‘yxatining keyingi o‘rinlaridan quyidagilar joy oldi: 

  1. Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari o‘rnatildi
    2.    Valyuta bozorining erkinlashtirilishi, naqd pul bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilishi 
    3.    Davlat xizmatlari tizimining rivojlantirilishi, Davlat xizmatlari markazlarining ishga tushirilishi, ortiqcha byurokratiyaga barham berilishi
    4.    Turizmni rivojlantirish doirasida 90 mamlakat uchun vizasiz rejim, 48 mamlakat fuqarolari uchun vizasiz tranzit rejimi joriy etilishi 
    5.    Inson huquqlari kafolatlarining kuchaytirilishi, majburiy mehnat, shu jumladan bolalar mehnatining tugatilishi 
    6.    Aholi murojaatlari bilan ishlash va davlat organlarining ochiqligi bo‘yicha yangi tizimning joriy etilishi
    7.    Media muhitning kengaytirilishi: OAVlarning jamiyatdagi, muhim hukumat qarorlar qabul qilinishidagi rolining oshirilishi 
    8.    Gender siyosatini yangi bosqichga olib chiqilganligi, xususan Respublika Gender komissiyasining tashkil etilishi 
    9.    Oliy ta’lim tizimining rivojlantirilishi: universitetlarga qabul kvotalarining oshirilishi, milliy va xorijiy OTMlar filiallarining ochilishi 
    10.    Tadbirkorlik muhiti yaxshilanishi, xususan biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish va uni yuritish bo‘yicha jarayonlar soddalashtirilishi 
    11.    Kambag‘allikni rasmiy darajada tan olinganligi va uni qisqartirish bo‘yicha kompleks yondashuv shakllanishi 
    12.    Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy va institutsional o‘zgarishlarning amalga oshirilishi 
    13.    Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi joriy etilishi
    14.    O‘zbekistonda to‘g‘ridan-to‘g‘ri 15 yil davomida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolikni qabul qilish tartibining joriy etilishi
    15.    Orol dengizining suvi qurigan tubida o‘rmon barpo qilinishi. BMT qoshida Orol dengizi mintaqasida Inson xavfsizligi bo‘yicha Trast fondining ishga tushirilishi, BMT Bosh assambleyasi Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyusiyaning qabul qilinishi

Global so‘rovda taniqli xorijiy ekspertlar, jumladan, Fransiya tashqi siyosat markazi prezidenti Faben Baussart, Xolon texnologiya universiteti prezidenti Eduard Yakubov, Vaseda universitetining Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh tadqiqotchisi Naoki Nixey, Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Sanat Kushkumbayev, Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari Ronni Xayne, Xalqaro xususiy tadbirkorlik markazi mintaqaviy direktori o‘rinbosari Erik Xonts, «Amerika ovozi» muxbiri Navbahor Imomova, «The Guardian», «The Economist», «Independent Newspaper» nashrlari muxbiri Joanna Lillis, «Mintaqaviy muloqot» xalqaro nodavlat tashkiloti direktori Myusha Sever, London va Dubayning «Diplomat Business Club» ishbilarmonlik klubi raisi Mansur Malik va boshqa qator mamlakatlarning davlat va jamoat arboblari ishtirok etdi.

«Yuksalish» umummilliy harakati matbuot xizmati 

Manba: yumh.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring