Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 2-aprel (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 2-aprel (infografika)

Bugun, 2-aprelga kelib (mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 19-kuni), O‘zbekistonda COVID-19ni yuqtirish bo‘yicha jami 181 ta holat qayd etildi: 12 nafar bemor sog‘ayib ketgan, ikki nafari vafot etgan.

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida shu paytgacha koronavirus eng ko‘p qayd etilgan mamlakatlar:

  • AQSh (237 535) — so‘nggi sutkada 19 005 kishida koronavirus aniqlandi, 556 kishi vafot etdi;
  • Italiya (110 574) — so‘nggi sutkada 4 782 kishida koronavirus aniqlandi, 727 kishi vafot etdi;
  • Ispaniya (102 136) — so‘nggi sutkada 6 213 kishida koronavirus aniqlandi, 589 kishi vafot etdi;
  • Xitoy (81 554) — so‘nggi sutkada 36 kishida koronavirus aniqlandi, 7 kishi vafot etdi;
  • Germaniya (76 544) — so‘nggi sutkada 4 736 kishida koronavirus aniqlandi, 83 kishi vafot etdi.

Katta o‘nlikka, shuningdek, Fransiya (56 899), Eron (47 593), Buyuk Britaniya (29 474), Shveysariya (17 137) va Turkiya (15 679) kirgan.

2-aprelning ayni soatlariga kelib, dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 920 939 nafarga yetdi, shundan 46 153 nafari vafot etgan, 193 530 nafar bemor sog‘ayib ketgan.

Dunyoning 180 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring