Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: O‘zbekiston va jahondagi vaziyat, 31-mart (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston va jahondagi vaziyat, 31-mart (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 31-mart (mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 17-kuni)ga kelib, O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar jami soni 150 nafarga yetdi. Shulardan yetti nafari sog‘ayib ketgan, ikki nafari vafot etgan.

Ayrim mamlakatlarga solishtiradigan bo‘lsak, ayni paytda qo‘shni Qozog‘istonda 302 nafar, Qirg‘izistonda 94 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Koronavirusni yuqtirish bo‘yicha Turkiyada — 10 827, Janubiy Koreyada — 9 661, Rossiyada — 1 836, Ukrainada — 548 ta holat qayd etildi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida shu paytgacha koronavirus eng ko‘p aniqlangan mamlakatlar: AQSh (160 mingdan ziyod) va Italiya (100 mingdan oshdi). Keyingi o‘rinlarda Ispaniya (85 195), Xitoy (82 198, ammo bu mamlakatda aksariyat bemorlar tuzalib ketgan) va Germaniya (66 711 kishi). Eng ko‘p o‘lim holatlari Italiya (11 591) va Ispaniya (7 340)da qayd etildi.

31-mart kunining ayni daqiqalariga kelib, dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 781 979 nafarga yetdi, shundan 37 606 nafari vafot etgan, 164 753 nafar bemor sog‘ayib ketgan.

Ayni paytda dunyoning 178 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring