Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ziyoratgohdagi o‘g‘ri ayol fosh etildi

Ziyoratgohdagi o‘g‘ri ayol fosh etildi

Foto: «Potokmedia.ru»

Farg‘ona viloyati Rishton tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan «Xizr Buva» ziyoratgohida kissavurlik qilib yurgan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida 2021-yil 2-aprel kuni soat 11:30 larda noma’lum shaxs Rishton tumani Bo‘ston MFY.da joylashgan «Xizr Buva» ziyoratgohida bo‘la turib, ziyorat uchun kelgan fuqarolar 54 yoshli Mavluda U.ning kiyimi cho‘ntagidan 600.000 so‘m va 41 yoshli Sohibaxon Sh.ning sumkasidan 500.000 so‘m pullarini kissavurlik yo‘li bilan yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

O‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 35 yoshli Marg‘ubaxon E. sodir etganligi aniqlandi. U protsessual tartibda ushlangan va uning yonidan chiqqan 875.000 so‘m pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring