Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zangiotada 21 yoshli yigit belkurak bilan urib, odam o‘ldirib qo‘ydi

Zangiotada 21 yoshli yigit belkurak bilan urib, odam o‘ldirib qo‘ydi

2020 yilning 30 may kuni soat taxminan 12:00da Zangiota tumani, Bo‘zsuv qo‘rg‘oni, Madaniyat ko‘chasida 38 yoshli X.B. va 21 yoshli B.N. o‘rtasida o‘zaro og‘zaki kelishmovchilik kelib chiqadi. Janjal oqibatida keyinchalik B.N. uyidagi belkurak bilan X.B. tanasining yuz va oyoq qismiga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada X.B. olgan tan jarohatlari bilan tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan va shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramay vafot etgan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida X.B. xonadoni hovlisidan qon dog‘lariga o‘xshash moddalar, bir dona belkurak, bir dona oq-ko‘k rangli qon dog‘lariga o‘xshash moddalar bo‘lgan erkaklar futbolkasi olingan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (odam o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.N. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring