Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«YPX xodimi haydovchiga haqoratli ishora ko‘rsatdi» videosiga izoh berildi

«YPX xodimi haydovchiga haqoratli ishora ko‘rsatdi» videosiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqda «YPX xodimi haydovchiga haqoratli ishora ko‘rsatdi» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar Yunusobod tumani Yangi shahar, A.Donish ko‘chalarida joylashgan dehqon bozori oldida «Spark» rusumli avtomashina haydovchisi yo‘l qatnov qismining ikkinchi qatorida to‘xtab turganligi uchun YPX xodimi Y.Abdullayev tomonidan bir necha bor ogohlantirilgan.  Haydovchi qoidabuzarlikni davom ettirganligi uchun YPX xodimi planshet yordamida avtomashinani suratga olgan. Shundan so‘ng haydovchi holatga e’tiroz bildirib, video tasvirga olishni boshlagan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda xodimning hatti-harakati bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring