Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘lovchi tashish taqiqlanganini aytib tamagirlik qilib yurgan shaxs ushlandi

Yo‘lovchi tashish taqiqlanganini aytib tamagirlik qilib yurgan shaxs ushlandi

Foto: «News.myseldon.com»

2020-yil 26-sentyabr kuni 36 yoshli F.X. Toshkent viloyati Bo‘ka tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bergan.

U o‘z arizasida «Sh» ismli shaxs tovlamachilik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida Bo‘ka-Olmaliq yo‘nalishida yo‘lovchi tashish mumkin emasligini aytib, uni qo‘rqitgan va bu yo‘nalishda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat bergani uchun har bir haydovchidan 10.000 so‘mdan pul yig‘ib kelayotgani, bundan tashqari, yangi qo‘shilgan haydovchilardan esa 400.000-500.000 so‘mdan talab qilayotganini ma’lum qilgan.

Mazkur ariza yuzasidan Bo‘ka tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida «Sh» ismli shaxs 36 yoshli Sh.A. ekanligi aniqlanib, undan F.X.dan talab qilib olgan 160.000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Bo‘ka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sh.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Sh.A. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring