Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yerni talon-toroj qilish bilan bog‘liq 359 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi – Bosh prokuror

Yerni talon-toroj qilish bilan bog‘liq 359 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi – Bosh prokuror

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Senatning o‘n to‘rtinchi yalpi majlisidagi chiqishida yer sotish bilan bog‘liq jinoyatlar haqida gapirdi.

«Hokimlarning 106 ming gektar yer maydonini ajratish to‘g‘risidagi qonunga zid qarorlari bekor qilindi.

Ayni paytda, qonunni buzgan 5.747 nafar mansabdorlar intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi, yerni talon-toroj qilish bilan bog‘liq 359 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aybdor shaxslarning javobgarlik masalasi hal qilindi», dedi Bosh prokuror.

Misol uchun, Qibray tuman hokimining o‘rinbosari Mashrapov «Flover siti» jamiyati rahbari Axmedovga 9,8 gektar yer ajratib berish evaziga 15 ming dollar pora olgan.

Bundan tashqari, Mashrapov o‘zi tashkil etgan «Sano Mega Stroy» jamiyatiga tumanning turli hududlaridan jami 10 gektar yerni go‘yoki issiqxona qurish va sabzavotchilikni yo‘lga qo‘yish maqsadida ajratilishiga erishib, keyinchalik ushbu yer maydonlarini 60 ming dollarga sotib yuborgan.

Zangiota tumanida «Semurg‘» fermer xo‘jaligi boshqaruvchisi Toxirov fuqaro Petryakovga 70 sotix sug‘oriladigan yerni 380 ming dollarga sotishga kelishib, 50 ming dollarini olayotganda ushlangan.

Qonunni buzgan shaxslar qilmishiga yarasha jazosini olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring