Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xolmaxmatov Yunusobodga borib, mutasaddilarni rosa «taqaladi»...

Xolmaxmatov Yunusobodga borib, mutasaddilarni rosa «taqaladi»...

Foto: Yunusobod tumani hokimligi matbuot xizmati

Kuni kecha mamlakat Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Abduhalim Xolmaxmatov poytaxtning Yunusobod tumanida mahalliy rahbarlarni jamlab, yig‘ilish o‘tkazdi.

Tumanda aniqlangan muammolarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish kim-kim Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari rahbarligida o‘tkazilishining sababi bor, albatta. Nega desangiz, respublika ishchi guruhi tomonidan Yunusobod tumanidagi 817 ta xonadon uyma-uy yurib, 916 ta ijtimoiy soha va boshqa ob’yektlar joyiga chiqqan holda o‘rganilgandi. Natija havas qilgudek emas: o‘rganish natijasida har olti xonadondan bittasida,  ko‘zdan kechirilgan ob’yektlarning 541 tasida turli ko‘rinishdagi muammolar aniqlandi. Ko‘rilgan choralar natijasida 68 ta xonadon va 203 ta ob’yektdagi muammolar joyida hal etildi.

Foto: Yunusobod tumani hokimligi matbuot xizmati

Biroq yechimini kutayotgani ham oz emas. Kamchilik va muammoli masalalarni respublika darajasidagi rahbar o‘z nazoratiga olib, ijrosi qat’iy talab qilinmasa, yakun ko‘ngildagidek bo‘lmasligi mumkin. Rost-da, mahalliy rahbarlar xizmat vazifalarini lozim darajada bajarishganida bitta tumanda shu-uncha muammo yig‘ilib qolarmidi?! Shundan kelib chiqib, ish paytida halimlikni nari surib qo‘yadigan Abduhalim Xolmaxmatov muammolarni sektorlar kesimida, har bir ob’yekt va xonadon bo‘yicha aniq muddatlarni  ko‘rsatgan holda topshiriqlar berdi. Agar ish o‘lda-jo‘lda qolsa yoki ko‘zbo‘yamachlikka yo‘l qo‘yilsa, keyingi safar bu yerda emas, naq idoraning o‘zida boshqacha ohangda gaplashilishi jiddiy ravishda uqtirildi...

Respublika ishchi guruhining  joylarga chiqib, aholini qiynab kelayotgan kamchilik va muammolarni o‘rganish bo‘yicha amaliy tadbirlar davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring