Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sherali Otaboyev

Qo‘rqoqlardan qo‘rqaman.

Xitoylik investor O‘zbekiston sudlaridan adolat izlamoqda

Xitoylik investor O‘zbekiston sudlaridan adolat izlamoqda

Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Qi Zi Tian 2000 yildan buyon O‘zbekistonda investor sifatida tadbirkorlik qilib keladi.

Qi Zi Tian 2014 yil O‘zbekiston fuqarosi, tadbirkor Li Igor Fyodorovich taklifiga binoan farmatsevtika sohasida 24 turdagi dori vositalarini ishlab chiqarish maqsad qilgan edi. Bu ishga xitoylik hamkori He Fu Junni ham jalb etgan. U bilan birgalikda «Global Bridge» korxonasi tashkil etib boshlang‘ich bosqichda ustav kapitaliga 63 000 AQSh dollarini kiritganini aytadi.

«Li Igorning tashabbusiga binoan ishlab chiqarish zavodini qurish uchun yer maydoniga 120 000 AQSh dollari berdik. Bundan tashqari qurilish mollari ishlab chiqarish uchun 64 000 AQSh dollari miqdoridagi investitsiyani ham kiritdik. Keyinchalik o‘zini hamkor deb hisoblagan Li Igorning asosiy maqsadi biz bilan hamkorlikda farmatsevtika zavodini qurish emas, balki biz tomondan kiritilgan jami 247 000 dollar miqdoridagi mol-mulk hujjatlarini soxtalashtirish yo‘li bilan qo‘lga kiritish bo‘lgan ekan», – deydi xitoylik tadbirkor Qi Zi Tian.

O‘zbekistonlik tadbirkor «bankka qo‘yiladigan sarmoyaning manbai so‘raladi» deya undan bank uchun maxsus ariza yozdirib olgan.

Ushbu arizaning tarjimasi quyidagicha:


AIKB “Ipak yo‘li” banki
Mirzo Ulug‘bek filiali rahbariga

Ariza

He Fu Jun Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi, (pasport seriya raqami: E10770127.) 2014 yil 10 oktyabr kuni sizning bankingizga naqd pul shaklida 95 036 000 so‘mni “Global Bridge” MChJ korxonasi ro‘yxatdan o‘tish kapitali sifatida qo‘ydim. Ushbu mablag‘ qarzga olingan.

Li I.F Toshkent Nukus ko‘chasi 86/1 41 xonadon.

He Fu Jun
08.10.2014


O‘zbekiston fuqarosi Xitoy alifbosida yozilgan  arizaning tagiga qo‘shimcha ravishda kiril alifbosida o‘zining ismini va manzilini kiritib qo‘ygan.

Xuddi shunday He Fu Jun hamkori Qi Zi Tian nomidan yozilgan (95 million so‘m kiritilgan) arizaning tagiga O‘zbekiston fuqarosi xotinining ismi-sharifini va manzilini qo‘shimcha ravishda kiritib qo‘ygan.

Yana bir fakt shuki, 2014 yil 10 oktyabr kuni bankka topshirilgan 47 432 000 so‘m He Fu Jun nomidan kirim qilingan.

«Aslida bu mablag‘lar bilan chegaralanmasdan zavodni qurish va ishga tushirish uchun 5 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish maqsadimiz bor edi», – dedi xitoylik tadbirkor Qi Zi Tian.

Ammo...

Xorijiy tadbirkorlar o‘zbekistonlik sherigining maqsadi haqida xabar topgach, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishgan. Ammo ular shu vaqtgacha hech qanday natijaga erisha olmaganini aytishadi.

2017 yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasida Xitoy tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Tadbirda He Fu Junni ushbu investitsiya bo‘yicha hamkori ham ishtirok etib, ba’zi hollarda O‘zbekistonda Xitoy tadbirkorlarining huquqlari cheklanayotganini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng mazkur muammo O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan nazoratga olinib, tergov organi tomonidan Li Igorga Xitoy tadbirkorlarining mol-mulki soxta hujjat orqali o‘zlashtirganligi bo‘yicha da’vo sudga oshiriladi. Sud esa Li Igorni oqlash haqida qaror qabul qilgan.

– Sud qaroriga ko‘ra, bizni pul mablag‘larimiz mavjud emas emish. Biz tomondan kiritilgan investitsiyani go‘yoki biz Li Igordan qarz olish evaziga kiritganmiz. Vaholanki biz bu loyihadan tashqari «Sheng Tang Industrial» MChJ korxonasiga 1 148 000 AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritganmiz va bundan tashqari «Feiyuangear pumping equipment» korxonasiga 75 200 AQSh dollari miqdorida sarmoya tikdik, – deydi Qi Zi Tian. – Lekin O‘zbekiston sudi bularni e’tiborga olmadi. Hukm ustidan kiritilgan shikoyatni ko‘rayotgan Toshkent shahar sudi bu holatga oydinlik kiritish uchun bizni so‘roq qilishlarini so‘raganimizda ham rad javobini berdi. Hattoki jinoiy ishda jabrlanuvchi deb topilgan hamkorim He Fu Junni jabrlanuvchi sifatida so‘roq qilishni lozim topmadi. Bunday cheklov haqiqat yuzaga chiqishida bizda ishonchsizlik paydo qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring