Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Umid avtolizing»ning navbatdagi «qurboni»: «Damas»ga to‘langan pul qaytarib berildi

«Umid avtolizing»ning navbatdagi «qurboni»: «Damas»ga to‘langan pul qaytarib berildi

So‘nggi paytlarda «Umid avtolizing» MChJga aldanib pulini ololmayotganlar haqida ommaviy axborot vositalarida yoritilib, boshqalarni  bunday yolg‘onlar qurboni bo‘lmaslikka chorlovlar ko‘p yangramoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, «bemaza qovunning urug‘iday» butun respublika miqiyosida o‘z bo‘limlarini ochgan «Umid avtolizing»ga avtomobil olish uchun to‘lov qilayotganlar kamaygani yo‘q.

«Hamma ham o‘zi, oilasi uchun avtomashina olishni orzu qiladi...biroq bugun yolg‘onchilik niqobini boshqalarga sezdirmayotganlarga chuv tushish og‘ir albatta. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi imkon boricha «Umid avtolizing»dan aldanib qolayotganlarni himoya qilishga harakat qilmoqda. Ammo yuzlab insonlar muammosini bir zumda hal etish imkoni yo‘q», deyiladi feyederatsiya matbuot xizmati xabarida.

Qarshi shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida yashovchi Saidov Sobirali murojaat qilib, 2018-yil 31-yanvar kuni «Umid avtolizing» MChJ bilan «Damas» avtomashinasini lizing asosida sotib olishga kelishib, boshlang‘ich avans to‘lovi o‘ttiz bir million olti yuz ming so‘m to‘lab, shartnoma imzolaganini bildirgan. Ammo bugunga qadar u avtomashinani ham, boshlang‘ich to‘lov uchun to‘lagan pulini ham qaytarib ololmagan.

Uning murojaati asosida o‘rganish ishlari olib borilgan va sa’y-harakatlar bejiz ketmagan. Sobirali Saidovga «Damas» avtomashinasi uchun to‘lagan 31600000 so‘m mablag‘i to‘liq qaytarib berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring