Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ubaydulla Mingboyev Sudyalar oliy kengashi tarkibiga kiritildi

Ubaydulla Mingboyev Sudyalar oliy kengashi tarkibiga kiritildi

Sudyalar oliy kengashining o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi a’zolarining yangi tarkibi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Sudyalar Assotsiatsiyasi raisi Ubaydulla Qurbonovich Mingboyev, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vaziri o‘rinbosari Sodiqjon Turdiyev, Oliy Majlisning Inson huququlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Farxodovna Eshmatova hamda Konstitutsiyaviy sud a’zosi Qahramon O‘ljayevlar Sudyalar oliy kengashining o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi a’zolari etib tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, qonunga ko‘ra, Kengash a’zolarining sudyalar orasidan tasdiqlangan o‘n bir nafar a’zosi o‘z faoliyatini doimiy asosda, sakkiz nafar a’zosi esa jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring