Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «og‘ir kasal farzandlarimga» deb yolg‘on xayriyaga pul yig‘gan firibgar ayol ushlandi

Toshkentda «og‘ir kasal farzandlarimga» deb yolg‘on xayriyaga pul yig‘gan firibgar ayol ushlandi

Foto: IIV

«Bosh miya o‘simtasi» kasalligi oqibatida vafot etgan bolaning hamda shaxsi noma’lum bo‘lgan va og‘ir kasallikka chalingan ikki nafar bolalarning fotosuratlarini Internet tarmog‘idan ko‘chirib olib, ostiga farzandlari «Komilov Azimjon Abdurauf o‘g‘li», «Mashgulotva Gulirano» va «Ma’rufjonov Muhammadali Mansurjon o‘g‘li»lar og‘ir kasallikka chalinganliklari sababli ularni davolash va tibbiy muolajalarga 10.000 – 20.000 AQSh dollari miqdorida pul mablag‘lari zarurligini iddao qilgan holda pulni qabul qilish uchun 8600.----.----.5611 va 8600.----.----.4430 sonli bank plastik kartalarini ko‘rsatib xalqdan yordam so‘rab, bir qator ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirgan soxta xayriya e’lonlari aniqlandi.

E’lonlarda joylashtirilgan kasal bolalarning fotosuratlaridan ta’sirlangan fuqarolar tomonidan 5 ming so‘mdan 1 mln. so‘mgacha bo‘lgan pul mablag‘lari soxta xayriya e’lonlari ostida ko‘rsatilgan bank plastik kartalariga o‘tkazilgan.

Olingan tezkor ma’lumotlar asosida, 20-aprel kuni Toshkent shahar, Olmazor tumani hududida IIV Kiberxavfsizlik markazi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur noqonuniy harakatni Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasida yashovchi 1995-y.t. N.Rashidova sodir etganligi aniqlanib, unga tegishli bo‘lgan ikki dona bank plastik kartalari va smartfon ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Fuqaro N.Rashidovaga nisbatan 6 may kuni Olmazor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring