Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent ko‘chalarida to‘pponcha o‘qtalgan haydovchi haqida IIBB izoh berdi

Toshkent ko‘chalarida to‘pponcha o‘qtalgan haydovchi haqida IIBB izoh berdi

Foto: IIBB matbuot xizmati

Internet tarmog‘ida haydovchilar o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik aks etgan video tarqalib, unda haydovchilardan biri to‘pponcha o‘qtalgani aks etgan. IIBB matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, ushbu to‘pponcha plastmassadan tayyorlangan o‘yinchoq bo‘lgan.

Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan ushbu faktning tekshiruvi o‘tkazilib, hodisa ishtirokchilari va kelishmovchilik sabablariga aniqlik kiritildi. Hodisa svetofor ishlamasligi oqibatida tirbandlik yuzaga kelgan Keles ko‘chasida sodir bo‘ldi. Ikkita avtomobillar haydovchilari – «Matiz» rusumli avtomobilni boshqargan 28 yoshli Farxod Yu. va «Kobalt» avtomobilini boshqargan 51 yoshli Jahongir J.lar bir-birlariga yo‘l bermaganliklari oqibatida ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga chiqqan. Janjal davomida Farxod Yu. Jahongirga o‘yinchoq to‘pponcha bilan tahdid qilgan.

Ushbu mojaro bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda, uning natijalariga ko‘ra mojaro ishtirokchilariga huquqiy baho beriladi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring