Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilarni ishlashga majburlagan mansabdor shaxslarga chora ko‘rildi

Tibbiyot xodimlari va o‘qituvchilarni ishlashga majburlagan mansabdor shaxslarga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasida 2021-yil 17-aprel kuni birlashma xodimlari binoning atrofida tozalik va obodonlashtirish ishlariga ishga jalb etilganligi hamda 2021-yilning 26-27-aprel kunlari Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 19-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilari hamda texnik xodimlarini maktabni kapital ta’mirlashga tushgan qismida ishlashga majburlanganligi to‘g‘risidagi xabarlar e’lon qilingan edi.

Mazkur holatlar hududiy Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilib, tegishli mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 51-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy Telegram-kanalida ma’lum qilindi.

Agarda majburiy mehnat holatlariga guvoh bo‘lsangiz, Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, 71-200-06-00 Ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qilishlarini so‘raydi.

Shaxsingiz sir saqlanishi aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring