Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Telegramda moliyaviy piramida tashkil qilgan shaxs aniqlandi

Telegramda moliyaviy piramida tashkil qilgan shaxs aniqlandi

Toshkentlik shaxs 28 million so‘m pulini hadya berib, so‘ng «ikki hissa hadya»ni ololmay qoldi.

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi 31 yoshli K.M. telegram messenjerida «Hadya berib hadya oling» nomli guruhga a’zo bo‘lib, guruhdagi «pullarni 2 barobar ko‘paytirib beramiz» mazmunidagi xabarlarga ishongan holda 28 mln so‘m pullarini noma’lum shaxs plastik kartasiga o‘tkazib berganligini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyat Navoiy viloyati, Karmana tumanida yashovchi 29 yoshli X.D. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Jinoyat sodir etgan X.D. O‘zbekiston Respublikasi JKning 188 prim 1-moddasi 2-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, X.D. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar  uchun 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring