Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Taqiqlangan tashkilotlarga adashib kirib qolgan 11 nafar fuqaro javobgarlikdan ozod etildi

Taqiqlangan tashkilotlarga adashib kirib qolgan 11 nafar fuqaro javobgarlikdan ozod etildi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

2020-yilning 15-yanvar kuni Bosh prokuror raisligida Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Yig‘ilishda «Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni (PF-5542-sonli) ijrosi doirasida 12 nafar fuqaroning jinoiy javobgarlikdan ozod etish haqidagi murojaati ko‘rib chiqildi.

Idoralararo komissiya a’zolari 11 nafar fuqaroni jinoiy javobgarlikdan ozod etish, 1 nafar fuqaroning murojaatini qo‘shimcha o‘rganish uchun ishchi organga qaytarish haqida ovoz berishdi.

Ma’lumot uchun: Komissiyaga joriy yilning 1 yanvar kuniga qadar jami 70 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 18 tasi Farmon talablariga mos kelmagan, 20 tasi komissiyada muhokama qilingan (10 tasi javobgarlikdan ozod etish va 4 tasini rad etish haqida xulosa qilingan, 6 tasi qo‘shimcha o‘rganishga qaytarilgan), 32 tasi qoldiqda qolgan.

Yig‘ilishda jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan 11 nafar fuqaroni O‘zbekistonga qaytarish, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish haqida topshiriqlar berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring