Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tadbirkordan 40 mln so‘m undirmoqchi bo‘lgan nazoratchi ushlandi

Tadbirkordan 40 mln so‘m undirmoqchi bo‘lgan nazoratchi ushlandi

Foto: «Department»

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Sirdaryo Suv Qurilish Invest» DUK bosh texnik nazoratchisi Sh.B. «B.» MChJ tomonidan Mirzaobod tumanida amalga oshirilgan 505,6 mln so‘mlik sug‘orish tarmoqlarini joriy ta’mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha tuzilgan hisobotlarini qabul qilish va o‘tkazib berish evaziga 40 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring