Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand bosh arxitektori va boshqalarga nisbatan sud jarayoni boshlandi

Samarqand bosh arxitektori va boshqalarga nisbatan sud jarayoni boshlandi

Illyustrativ foto

Foto: «ivbg.ru»

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida viloyat bosh arxitektori va boshqalarga nisbatan sud jarayoni boshlandi.

Bu haqda «Xabar.uz»ga Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, sudlanuvchilar Kamoliddin Shukurov (1977-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, millati — tojik, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, «Afrosiyob Story Servis» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari), Bobir Elmuradov (1983-yilda Qashadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug‘ilgan, millati — o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Samarqand viloyati Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, viloyat bosh arxitekori lavozimida ishlaydi, ilgari Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan) va Temir Xalikulov (1960 yilda Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan, millati —o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, «Dilshod Ta’mir Dizayn» xususiy korxonasida bosh muhandis lavozimida ishlaydi, ilgari «Kapital qurilish direksiyasi»davlat korxonasining rahbari lavozimida ishlagan) ga nisbatan jinoyat ishini  JIB Samarqand shahar sudi sudyasi Zarifa Axmedova raisligida ko‘rib chiqilmoqda.

Sudlanuvchilar o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastara yo‘li bilan talon-toroj qilish, hujjatlarni qalbakilashtirish, savdo qoidalarini buzish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi jinoyatlarda ayblanayotir.

Sud jarayoni davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring