Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Quyosh elektr stansiyasini to‘liq o‘z mablag‘idan qurganlarga kompensatsiya beriladi

Quyosh elektr stansiyasini to‘liq o‘z mablag‘idan qurganlarga kompensatsiya beriladi

Illyustrativ foto

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini to‘liq to‘lagan holda ularni xarid qilgan va o‘rnatgan iste’molchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilinadi:

Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini o‘rnatganlik uchun kompensatsiyalar miqdori o‘rnatilgan quvvati:

  • 0,5 kVtdan 1 kVtgacha bo‘lganda BHMning 7 barobar (2 mln 380 ming so‘m);
  • 1 kVtdan 1,5 kVtgacha bo‘lganda BHMning 10 barobar (3 mln 400 ming so‘m);
  • 1,5 kVtdan 2 kVtgacha bo‘lganda BHMning 15 barobar (5 mln 100 ming so‘m);
  • 2 kVt va undan yuqori bo‘lganda BHMning 20 barobar (6 mln 800 ming so‘m);
  • 5 kVt va undan yuqori bo‘lganda BHMning 50 barobar (17 mln so‘m, faqatgina yangi yerlar o‘zlashtirilganda va tik quduqlarda o‘rnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi iste’moli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali ta’minlanganda).
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring