Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda hibsga olingan o‘zbek yordamga muhtojligi aytilmoqda

Qozog‘istonda hibsga olingan o‘zbek yordamga muhtojligi aytilmoqda

Foto: «news.rambler.ru»

Taniqli shifokor va adiba Muazzam Ibrohimova «Feysbuk» tarmog‘idagi sahifasida  tashvishli xabar qoldirdi.

Unga qozoq do‘stlaridan birining xabar  berishicha, Olmaotaga yaqin Talg‘ar degan tumanda sirdaryolik  E.N.Xolmirzayev (yoshi 40-45 oralig‘ida) uch oydan beri hibsda ushlab turilibdi. O‘zbekistondan may oyida ish izlab kelgan hamyurtimiz zo‘rlash jinoyatida gumon qilinmoqda.  Gumondorning Qozog‘istonda hech kimi yo‘q. Qarindosh-urug‘lariga telefon qilishiga ruxsat berishmayapti. Advokat ham berilmagan.

«Men u odamni umuman tanimayman,  — deya alohida ta’kid etadi xabarida. — Aybdor yoki aybsizligini ham bilmayman. Shu xabarni tarqatib yuboraylik, zora yigitning yaqinlariga xabar yetib borsa yoki Qozog‘istondagi O‘zbekiston elchixonasi ishni o‘rganib, yurtdoshimizga amaliy yordam berishsa...».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring