Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qonunchilikda nimani saqlab qolish va nimadan voz kechish kerakligi muhokama etildi

Qonunchilikda nimani saqlab qolish va nimadan voz kechish kerakligi muhokama etildi

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Qonun hujjatlarining tarqoqligi amalda ularni idrok etishning murakkabligiga, huquqiy tafovutlar va nizolarga, ortiqcha tartibga solish va byurokratiyaga olib keladi.

Shu va shunga o‘xshagan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Prezidentining «O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ishlab chiqildi va qabul qilindi.

Mazkur Farmonni qabul qilishdan maqsad va uning mazmun-mohiyati bo‘yicha joriy yil 29-sentyabr kuni Milliy matbuot markazida «Qonunchilikda nimani saqlab qolish va nimadan voz kechish kerak?» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida Adliya vazirligi mutasaddi xodimlari tomonidan Farmon bilan qanday tartiblar va yangi chora-tadbirlar choriy etilayotganligi, bular qanday ijobiy natijalarga olib kelishiga oid ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan Farmonda milliy qonunchilik tizimini rivojlantirishning bir necha muhim yo‘nalishlari belgilanganligi aytib o‘tildi.

Jumladan, birinchidan, eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normalarni keng ko‘lamda qayta ko‘rib chiqishni va bekor qilishni ta’minlovchi «tartibga solish gilotinasi» usuli joriy etilmoqda.

Milliy qonunchilik bazasida 30 mingdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar mavjud bo‘lib, ularning 5 foizini qonun hujjatlari, 95 foizini esa qonunosti hujjatlari tashkil etadi.

Normativ-huquqiy hujjatlarning soni qo‘pligi va tarqoqoligi, birinchi navbatda, tadbirkorlik sohasidagi tartibga solish yukini oshishiga va byurokratik to‘siqlar, nomuvofiqliklar kelib chiqishiga va qonun talablarini e’tiborsiz qoldirishga olib kelmoqda.

Ikkinchidan, Farmon bilan haddan tashqari tartibga solishning oldini olish va qonunchilikni tizimlashtirish maqsadida quyidagi qator chora-tadbirlar belgilandi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining individual va tashkiliy tusdagi hujjatlarini ular tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlardan farqlashning aniq mezonlarini qonun darajasida belgilash;
  • yangi tahrirdagi qonun hujjati o‘rniga bir vaqtning o‘zida amaldagi qonun hujjatini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi yangi qonun hujjatini qabul qilish;
  • Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish hamda tadbirlar o‘tkazishni tashkil etish yuzasidan qabul qilingan hujjatlarini tegishli yil yakuni bo‘yicha o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish amaliyotini joriy qilish.

Uchinchidan, Farmonda mahalliy davlat hokimiyati organlarining me’yoriy-huquqiy hujjatlarini ularni O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga  kiritish bilan tizimlashtirish, eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan hujjatlarni bekor qilish tashabbusi bilan hokimliklarning norma ijodkorligi faoliyatining shaffofligini ta’minlash, shuningdek ularning ma’lumotlar bazasida avtomatik joylashtirish mexanizmini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun: hozirgi vaqtda normativ-huquqiy hujjatlar bazasida hokimliklarning 3 mingdan ortiq aktlari mavjud bo‘lib, ekspertlarning xulosalariga ko‘ra, ularning 50foizdan ortig‘i tizimlashtirilishi yoki butunlay bekor qilinishi mumkin.

To‘rtinchidan, tartibga solish ta’sirini baholash tizimni joriy etish orqali normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish tizimi takomillashtirilmoqda.

Tartibga solish ta’sirini baholash tizimi - Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi muammolarni tahlil qilish, ularni hal qilish yo‘llari, raqobatga ta’sir qilish, yangi vositalar va tartibga solish qoidalarini joriy etishning prognozi va ehtimoliy oqibatlarini baholash, shu jumladan fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari uchun foyda va xarajatlarni tahlil qilishdan iborat.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring