Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarshi prokurorining «ishi» o‘rganilmoqda — Bosh prokuratura

Qarshi prokurorining «ishi» o‘rganilmoqda — Bosh prokuratura

Foto: «Xabar.uz»

Qarshi shahar prokurorining xatti-harakatlari tegishli tartibda o‘rganiladi. Bu haqda «Xabar.uz» so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Gap shundaki, bugun Qarshi shahar prokurori Aktam Navro‘zov boshchiligida IIB xodimlaridan iborat 10-15 kishilik guruh bilan «3 Palma» deb nomlanuvchi oshxona-restoraniga bostirib kirib, musiqa qo‘yilgan kompyuterini tepib sindirgani hamda  o‘yin-kulgi qilayotgan mijozlarni qo‘lini orqaga qayirib, jinoyatchidek sudrab olib ketilgani haqida xabar qilindi. «Daryo»ning tadbirkor O‘tkir Ostonovga tayanib yozishicha, voqea 2020 yil 11 yanvar kuni tungi soat 22:30 da sodir bo‘lgan.

Tadbirkorga ko‘ra, mazkur «reyd»dan bir kun oldin Qarshi shahar IIB boshlig‘ining Elmurod ismli o‘rinbosari uni chaqirib, kech soat 23:00 dan keyin faoliyat yuritmayman, degan mazmunda tushuntirish xati yozib berishini so‘ragan.  O‘z navbatida O‘.Ostonov  bu talabga javoban tadbirkor sifatida 24 soat ham faoliyat yuritishi mumkinligi, tunda ish faoliyatini davom ettirishi uchun barcha talablar bajarganini aytgan. Gap orasida tungi soat 23:00da musiqani o‘chirishini, ammo ovqatlanish uchun o‘tirgan mijozlarini o‘sha payt chiqarib yubora olmasligini alohida tushuntiradi.

Shunga qaramay suhbatning ertasi kuni  yuqoridagi voqelik sodir bo‘ladi...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring