Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘quvchiga tarsaki tushirgan o‘qituvchi ishdan olindi

O‘quvchiga tarsaki tushirgan o‘qituvchi ishdan olindi

Foto: «Xabar.uz»

Bolalar ombudsmaniga Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi D.M. dan murojaat kelib tushgan.

Murojaatda D.M. voyaga yetmagan farzandi O.T. (7-sinf o‘quvchisi, o‘g‘il bola) 2023 yilning 26 dekabr kuni farzandi tahsil oladigan maktab o‘qituvchisi S.M. bolaning yuz qismiga bir necha bor tarsaki urib, uni turli nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilganini bildirgan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri mazkur holatni o‘rgandi.

Jizzax viloyati Zomin tumani MMT bo‘limining tegishli mutaxassislari tomonidan holat o‘rganilib, mazkur umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorining buyrug‘iga asosan S.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Shuningdek, joriy yilning 23 yanvardagi jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudida o‘qituvchining harakatlariga huquqiy baho berilib, S.M. ga nisbatan MJTKning 41-moddasi (Haqorat qilish) va 52-moddasini (Yengil tan jarohati yetkazish) sodir etgan deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barovari miqdorida jarima jazosi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring