Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘g‘ri «issig‘i»da ushlandi

O‘g‘ri «issig‘i»da ushlandi

Joriy yilning 19-oktyabr kuni taxminan tungi soat 03:22 larda Yashnobod tumanida joylashgan   «Mumtoza Begim» MChJga qarashli do‘kondan Yashnobod tumani Qo‘riqlash bo‘limiga tashvishli xabar kelib tushgan.

Ushbu xabar bo‘yicha voqea joyiga belgilangan vaqtda yetib borgan tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan noma’lum shaxs mazkur do‘konni buzib, o‘zganing mulkini noqonuniy ravishda talon-toroj qilmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olindi.

Surishtiruv davomida o‘g‘rilikka qo‘l urgan fuqaro 1992-yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati Angren tumanida yashovchi T.X. ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Sodir bo‘lgan holat yuzasidan Yashnobod tumani 1-son IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring