Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAVlar yuqori summada jarimaga tortilishi rivojlanishga to‘sqinlik qilishi mumkin — Sherzodxon Qudratxo‘ja

OAVlar yuqori summada jarimaga tortilishi rivojlanishga to‘sqinlik qilishi mumkin — Sherzodxon Qudratxo‘ja

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (O‘zJOKU) rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja «Sof.uz» internet-nashri va «Anorbank» o‘rtasidagi holat bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.

— Bu kabi holatlar jahon tajribasida tez-tez kuzatiladi. Bunday keyslarning aksariyatida o‘z obro‘ e’tiboriga ega bo‘lgan tashkilotlar obro‘sizlantirilganligi bois bunga sababchi bo‘lgan ommaviy axborot vositalaridan ramziy 1 dollar miqdorida pul va nashrning o‘zida rasmiy ma’lumot-raddiya bilan chiqishni talab qilishladi. Sud jarayonni o‘rganib chiqqach, aybsiz topilgan tarafning talablari qondiriladi.

«Anorbank» «Sof.uz» nashridan qancha mablag‘ talab qilishi bu uning ishi, nashr bu summani to‘lay oladimi yo‘qmi bu ham masalaning noaniq tarafi.

Biroq tashkilotlar tomonidan OAVlarga jarima sifatida noproporsional yuqori summa belgilanishi kelajakda ochiq bo‘lgan OAVlar rivojiga to‘sqinlik qilishi mumkinligini ham unutmasligimiz kerak, — deya yozgan O‘zJOKU rektori.

Eslatib o‘tamiz, «Sof.uz» nashrining Youtube’dagi rasmiy kanalida joriy yilning 15-oktyabrida «Anorbankning «moliyaviy fokuslari» mijozlarni nega g‘azablantirdi?» nomli ko‘rsatuv e’lon qilingan edi. Ushbu ko‘rsatuvdan so‘ng «Anorbank» o‘zining mijozlari oldida obro‘sizlantirilganligi va bu jarayonda ko‘rgan moliyaviy zararlarini pesh qilib, sud orqali nashrdan umumiy hisobda 15 mlrd so‘m mablag‘ undirishni so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring