Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Narxoz»ga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi

«Narxoz»ga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Fuqaroni 15 000 AQSh dollari evaziga Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan DXX va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.A. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro L.Z.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishga ishontirib, evaziga 15 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring