Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudhish qotillik 9 yil o‘tib fosh etildi — Bosh prokuratura

Mudhish qotillik 9 yil o‘tib fosh etildi — Bosh prokuratura

Foto: «Xabar.uz»

Prokuratura va ichki ishlar organlari tomonidan uzoq vaqt davomida ochilmagan jinoyat fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, 24.01.2012 yilda Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, «Qorabo‘yin» mahallasida yashagan T.G‘. o‘ziga tegishli «Neksiya-2» rusumli avtomashinasida uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

T.G‘. boshqaruvidagi avtomashina Samarqand shahar, «Madaniyat» mahallasidagi ko‘p qavatli uyning orqa tomonidan topilgan va holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bedarak yo‘qolgan G‘.T.ning avtomashinasini ko‘zdan kechirish davomida, avtomashinaning turli joylaridan jami 14 dona barmoq, kaft izlari olingan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda amalga oshirilgan keng qamrovli tadbirlar natijasida o‘ta og‘ir jinoyat fosh etildi.

Tergovda aniqlanishicha, M.O., T.A. va D.S. tomonidan bedarak yo‘qolgan T.G‘. qasddan o‘ldirilib, uning jasadini Chiroqchi tumani, «Sho‘rbozor» mahallasi hududida joylashgan zahiradagi dala maydonida ko‘mib, avtomashinasini esa Samarqand shahar, «Madaniyat» mahallasi, «Narpay» ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning orqa tomoniga tashlab ketishganligi aniqlangan.

 M.O., T.A. va D.S.larning sodir etgan jinoyatlari ularning iqrorlik ko‘rsatuvlari, jinoyat sodir etilgan joyda aniqlangan barmoq izlari, ko‘rsatmalarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish va yuzlashtirish tergov harakatlari hamda boshqa dalillar majmui bilan o‘z isbotini topgan.

Ushbu jinoyat ishi yuzasidan 3 nafar shaxslarga JKning 97-moddasi bilan ayb e’lon qilinib, barchasiga «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring