Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kogonda ish joyini bangixonaga aylantirgan shaxs aniqlandi

Kogonda ish joyini bangixonaga aylantirgan shaxs aniqlandi

Giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq jinoyat ishini tergov qilish jarayonida Kogon shahrida ish joyini bangixonaga aylantirgan shaxs aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bergan.

Buxoro shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro R.F. o‘zi qorovul bo‘lib ishlovchi MChJ qorovulxonasida yelimli baklashkalardan hamda mis chilim idishlardan tayyorlangan uskunalari bilan «marixuana» giyohvandlik vositasini chekish uchun sharoit yaratib, fuqaro J.Z.ga giyohvandlik vositasini chekishni taklif qilib, birgalikda iste’mol qilib, qonunga xilof ravishda bangixona tashkil qilgan. Xabar qilinishicha, F.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 4-qismi bilan qo‘shimcha ayb e’lon qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring