Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelinlar o‘z sepini sud hujjati orqali olib ketishi holatlari ko‘paymoqda — MIB

Kelinlar o‘z sepini sud hujjati orqali olib ketishi holatlari ko‘paymoqda — MIB

Foto: MIB

Pastdarg‘om tumanida kuyov xonadonida 5 kun yashagan kelin o‘z seplarini olib ketdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining 26.09.2024 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.X.dan undiruvchi B.B. foydasiga jami 20 turdagi mol-mulklarni natura shaklida olib berish to‘g‘risidagi hujjati Byuroning Pastdarg‘om tuman bo‘lim ijro ish yurituviga kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, nusxalari tomonlarga yuborilgan.

Ajrimda ko‘rsatilgan qarzdor M.X.dan undiruvchi B.B. foydasiga jami 20 turdagi mol-mulklar natura shaklida ruyxatga olinib, tegishli tartibda xolislar ishtirokida davlat ijrochisi tomonidan kelin seplari to‘liq muqaddam 5 kun yashagan kuyov xonadonidan tegishli dalolatnoma asosida olib berildi.

Bunday ijro hujjatlari oxirgi vaqtlarda ko‘payib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz, deyiladi MIB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring