Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jinoyatchi ikki mashinani pachoq qildi

Jinoyatchi ikki mashinani pachoq qildi

Foto: «Topworldauto.com»

2021-yil 5-iyun kuni soat 17:00dan 19:00ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida 23 yoshli Sh.A. Toshkent shahar Yashnobod tumani Nigora 2-tor ko‘chasi 68-uy oldida 49 yoshli A.A.ga tegishli «Damas» rusumli avtomashinani ochiq holda qarovsiz va kaliti o‘t oldirgichda qoldirilganidan foydalanib, noma’lum tomonga olib qochib ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 23 yoshli Sh.A. avtomashinani Bektemir tumani Ohangaron shox ko‘chasi bo‘ylab boshqarib ketayotgan vaqtida «Nexia-2» rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etib, voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lganida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 23 yoshli Sh.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va Sh.A. protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fuqarolardan moddiy boyliklariga befarq bo‘lmaslik, avtomashina qulflanganligiga ishonch hosil qilish va kalitni o‘t oldirish joyida qoldirmaslik so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring