Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya fuqarosi jinoyatda ayblanmoqda. Undan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, xabar bering

Janubiy Koreya fuqarosi jinoyatda ayblanmoqda. Undan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, xabar bering

Koreya Respublikasi fuqarosi Kang Namkyu jinoyatda gumon qilinib, tergovga jalb qilindi. Tergov departamenti ushbu fotosuratda keltirilgan shaxsdan jabr ko‘rganlardan murojaat qilishlarini so‘ramoqda.

«Hurmatli fuqarolar!

Tergov departamenti tomonidan «Korean and Migration xususiy bandlik agentligi» MChJning mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani haqida xabar bergan edik.

Hozirda jinoyat sodir etishda gumon qilinib, Koreya Respublikasining fuqarosi Kang Namkyu tergovga jalb qilindi.

Agar Siz quyidagi fotosuratda keltirib o‘tilgan shaxsning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, Tergov departamentining (71) 231-31-98, (71) 231-36-22, (71) 233-65-34 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring