Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim o‘rinbosariga katta jarima solindi

Hokim o‘rinbosariga katta jarima solindi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Andijon viloyati Bo‘ston tumani hokimi muovini o‘z uyida obodonlashtirish ishchilarini majburan ishlatdi» mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan Andijon viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan Obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari soya donini quritish va tozalash ishlariga jalb etilgan.

Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1 qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 (ellik) barobari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring