Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Haydovchi YPXning ikki inspektorini urib ketdi

Haydovchi YPXning ikki inspektorini urib ketdi

Toshkentda haydovchi YPXning ikki inspektorini urib ketdi. Avval bir xodimni turtib yuborib, qochib ketgan haydovchi D.Sh. keyinchalik yana bir inspektorni mashinasi bilan urib yuborgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berib o‘tdi.

Voqea Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanida sodir etilgan. Joriy yilning 18 yanvar kuni soat 11:25 larda, TXAY — Do‘rmon ko‘chasi chorrahasida, 1993 yilda tug‘ilgan Surxondaryo viloyati Termiz tumanida ro‘yxatda turuvchi haydovchi, hech qayerda ishlamaydigan D.Sh. ishonch qog‘ozi asosida «Spark» rusumli transport vositasini (avtomobil Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi A.N.ga tegishli) xavfsizlik kamarini taqmasdan boshqarib ketayotgan edi. Shu yerda xizmat olib borayotgan YPXB inspektori B.Sultonov haydovchiga to‘xtash to‘g‘risidagi ishorasini bergan.

Haydovchi xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan urib yuborib, voqea joyidan ketib qolib, keyingi Ziyolilar — T.Malik ko‘chalari chorraxasida uni to‘xtatish maqsadida oldiga chiqqan YPXB inspektori O‘.Qo‘chqorovning ham qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, avtomobilning o‘ng oldi tomoni bilan inspektorni urib yuborib, voqea joyidan yashiringan. Natijada O‘.Qo‘chqorov olgan tan jarohati tufayli IIV Markaziy gospitaliga yotqizilgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida haydovchi D.Sh. ushlangan. Haydovchining hujjatlari tekshirilganda transport vositasini qayd etish guvohnomasi (texpasport) bo‘lmagan.

Hozirda prokuratura idoralari tomonidan tergovoldi tekshiruv-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring