Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Firibgardan ehtiyot bo‘ling. Yangi uy uchun kimga pul berish kerak?

Firibgardan ehtiyot bo‘ling. Yangi uy uchun kimga pul berish kerak?

Foto: «Google.com»

Yangi qurilgan uylardan xonadon xarid qilishda yordam berishini va’da qilib, katta miqdorda pul olgan shaxs qo‘lga olindi.

2018-yil 15-oktyabr kuni Olmazor tumanida 31 yoshli Jahongir K. 28 yoshli Elmira X.ga yangi qurilgan uydan xonadonni kreditga olib berishni va’da qilgan. Undan 12.500 AQSh dollari olgan Jahongir va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

«Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Notanish odam muammongizni hal qilishiga ishonmang. Masaladan kelib chiqqan holda vakolatli mutaxassislarga murojaat qiling», deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring