Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Er umumiy ulushi bo‘lgan xonadonga kiritib qo‘yildi — MIB

Er umumiy ulushi bo‘lgan xonadonga kiritib qo‘yildi — MIB

Foto: «Xabar.uz»

FIB Yakkasaroy tumanlararo sudining 28.01.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor G.A.ga nisbatan undiruvchi B.M.ni Toshkent shahar Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasida joylashgan xonadonning yashash xonalariga kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjati MIBning Sergeli tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushadi.

Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 11.03.2021 yilda kelib tushgan va «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish qarori qabul qilingan.  Shuningdek, ijro hujjati ijrosi yuzasidan qarzdor G.A.dan tegishli tartibda majburiyatnoma olingan.

«Olib borilgan ijro harakatlari davomida hamda huquqiy tushuntirishlar natijasida undiruvchi B.M.ni Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasida joylashgan  xonadonning yashash xonalariga kiritib qo‘yildi va bu haqda tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi. 

Shunga ko‘ra, mazkur ijro hujjati Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlangan», deyiladi MIB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring