Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi» — Sirdaryoda juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish sodir etilgan

«Boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi» — Sirdaryoda juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish sodir etilgan

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda Shahrisabz tumani, «Nushkent» qishlog‘ida yashovchi tadbirkorning Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergov harakatlaridan noroziligi haqida xabar tarqaldi.

Ushbu xabar viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Qayd etilishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan «Ipoteka bank» Sirdaryo filiali kredit komissiyasi raisi T.I, kredit komissiyasi a’zolari, «IL-NUR PROD» MChJ rahbari N.B. va boshqalarga nisbatan juda ko‘p miqdordagi kredit mablag‘larini talon-toroj qilganligi holati bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi bo‘yicha 25.10.2022 yilda N.B.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi, 228-moddasi 2-qismi «b» bandi, 228-moddasi 3-qismi bilan ayb e’lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda, jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring