Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorocha «Ы operatsiyasi». Bosh shifokor va dezinfeksionistga «ish» qo‘zg‘atildi

Buxorocha «Ы operatsiyasi». Bosh shifokor va dezinfeksionistga «ish» qo‘zg‘atildi

Shubhasiz, shifokorlar – bugunning qahramonlaridir. Ular o‘z hayotini garovga qo‘yib, pandemiyaga qarshi mardona kurashmoqdalar. Ularning mehnatlari haqli ravishda e’tirof etilib, davlat tomonidan munosib rag‘batlantirilmoqda.

Taassufki, yurtga kelgan og‘ir sinovlardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanib qolishga urinayotganlari ham yo‘q emas ekan. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari (DXX xodimlari bilan hamkorlikda) ana shunday ayanchli holatni fosh etdi.

Ya’nikim, koronavirus pandemiyasi davrida Moliya vazirligining Buxoro viloyatidagi inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan pul mablag‘larini maqsadli sarflanishi o‘rganilganda juda ko‘p miqdordagi budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilish holati aniqlangan.

Ma’lumki, boshqa viloyatlar qatori Buxoro viloyat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markaziga ham pandemiya sharoitida dezinfeksiya vositalarini xarid qilishda mahsulotlarni maqbul narxlarda yetkazib beruvchi korxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish imkoniyati berilgan. Bunday imkoniyatdan o‘z manfaati yo‘li foydalanib qolishga uringan markaz bosh vrachi B .B. va vrach-dezinfeksionisti A.H.lar oldindan til biriktiradi. Va A.H. ta’sischi bo‘lgan «V-S» MChJ orqali 395,4 mln so‘mlik 14,9 tonna gipoxlorid kalsiy dezinfeksiya vositasini 600 mln. so‘mga (ya’ni 204,6 mln. so‘m qimmatiga!) xarid qilishadi. Bitta «operatsiyadan» 204,6 mln. sof foyda! Chakkimas-a?

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan B.B. va A.H.larga nisbatan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda bosh vrach B.B. tomonidan 202,5 mln. so‘m zarar qoplangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring