Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura «Kun.uz» jurnalistlariga qilingan tajovuzni o‘z nazoratiga oldi

Bosh prokuratura «Kun.uz» jurnalistlariga qilingan tajovuzni o‘z nazoratiga oldi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov KUN.UZ tahririyati xodimlariga tahdid qilgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati hodisa yuzasidan A.Vahobovning videointervyusini e’lon qilindi. Ushbu intervyuda A.Vahobov KUN.UZ muxbirini tamagirlikda aybladi.

O‘z navbatida, KUN.UZ hokim o‘rinbosarini tuhmatda ayblab, prokuraturaga murojaat qilganini bildirdi.

Bosh prokuratura KUN.UZ jurnalistlariga Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari tomonidan qilingan tajovuzni o‘z nazoratiga olgan. Bu haqda mahkama matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Hokim o‘rinbosarining hujumi va uni kuzatib turgan ichki ishlar xodimining harakatsizligini Toshkent shahar prokuraturasi o‘rganmoqda», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring