Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon shahar kadastrining bo‘lim boshlig‘i ushlandi

Andijon shahar kadastrining bo‘lim boshlig‘i ushlandi

«Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr» davlat koxonasining Andijon viloyatidagi filiallarining manfaatparast xodimlariga qarshi rostdanam «urush» ochilganga o‘xshaydi.

Ikki hafta burun korxonaning Xo‘jaobod va Paxtaobod tuman filiallari xodimlari (biri 10 ming, ikkichisi 750 AQSh dollari bilan) jinoyat ustida qo‘lga olingandi.

Bugun Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qilmoqdaki, davlat korxonasining Andijon shahar filiali bo‘lim boshlig‘i K.B. ham ushlanibdi. U fuqaro Z.D.dan turar-joy bino-inshootiga egalik huquqini beruvchi hujjatlarni rahbarlari orqali rasmiylashtirib berishi evaziga 800 AQSh dollari olayotganda qo‘lga olingani aytiladi.

Holat jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Jinoyat ishiga bir emas, bir necha shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb etilishi ehtimoli yuqori.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring