Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Amaldorning xorijda mulki bo‘lsa, yanvargacha uni yo‘qotishi kerak» — Ruslan Davletov

«Amaldorning xorijda mulki bo‘lsa, yanvargacha uni yo‘qotishi kerak» — Ruslan Davletov

Foto: AOKA

9 iyul kuni AOKAda prezidentning korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan yangi farmoni va qarori mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov jurnalistning 1 yanvardan davlat xizmatchilariga xorijda bank hisobraqamlarini ochish, naqd pul mablag‘larini saqlash va boshqa mol-mulkka ega bo‘lish taqiqlanishi haqidagi norma haqidagi savoliga javob berdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda yanvargacha hisobraqam ochib olsa bo‘lar ekan-da, mulkka ega bo‘lsa bo‘lar ekanda, degan har xil talqinlar bo‘lmoqda. Bo‘lmaydi. Agar mulk bo‘lsa, undan yanvargacha voz kechib yo‘qotish kerak. Yanvardan keyin tartib to‘liq kuchga kiradi. Ya’ni hozir bo‘lgan bo‘lsa, u tartib kuchga kirganida yo‘qolishi kerak. Meros bo‘lsa ham, xadya bo‘ladigan bo‘lsa ham, uni o‘zidan begonalashtirishi kerak. Shunday tartib butun dunyoda yo‘lga qo‘yilgan», — dedi vazir.

Ruslanbek Davletovning qo‘shimcha qilishicha, davlat xizmatchisi bo‘lishidan oldin olingan, ya’ni, talaba bo‘lgan paytida, davlat xizmatiga taalluqli bo‘lmagan paytidagi faoliyati natijasida orttirilgan ko‘chmas mulk bu taqiqqa tushmaydi. Chunki ko‘chmas mulk ro‘yxatdan o‘tadi, qachon ro‘yxatdan o‘tganligiga qarab davlat xizmatidan oldin olinganmi-yo‘qmi aniqlash mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring