Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

35 tup qarag‘ayni kesvorgan huquqbuzarga salkam 166 mln.so‘m jarima solindi

35 tup qarag‘ayni kesvorgan huquqbuzarga salkam 166 mln.so‘m jarima solindi

Surxondaryo viloyati Sherobod tuman «Bog‘iobod» mahallasida yashovchi fuqaro Normo‘minov Ismoil Toshpo‘latovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 30 oktyabrdagi Farmoni bilan 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil 31 dekabrgacha davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy joriy etilishiga qaramasdan mahalla hududidagi bolalar uyingohi yonida sobiq shirkat xo‘jaligi davrida ekilgan ko‘p yillik o‘suvchanligini yo‘qotmagan jami 35 (o‘ttiz besh) tup qarag‘ay (sosna) archa daraxtlari avtoservis qurish maqsadida kesib tashlagan.

Huquqbuzar O‘zbekiston Respublikasi «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 37-moddasiga talablarini buzganligi uchun unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) barobari 1 115 000 miqdorida ma’muriy jarimaga tortish haqida qaror qabul qilindi. Huquqbuzarlik natijasida o‘simlik dunyosiga 164 462 500 (Bir yuz oltmish to‘rt million to‘rt yuz oltmish ikki ming besh yuz) so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring