Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oshadigan ish haqi va stipendiyalar, yangi soliq stavkalari. 1 fevraldan nimalar o‘zgaradi?

Oshadigan ish haqi va stipendiyalar, yangi soliq stavkalari. 1 fevraldan nimalar o‘zgaradi?

Foto: Sputnik

2021-yil 1-fevraldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgartirishlar haqida norma.uz portali o‘z sharhini taqdim etadi.

Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar. Yangi MHEKM, BHM va nafaqalar miqdori

  • Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshirildi;
  • quyidagilarning yangi miqdorlari belgilanadi:
    • MHEKM – 747 300 so‘m;
    • BHM – 245 000 so‘m;
    • 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa:
      • 1 nafar bola bilan – 144 100 so‘m;
      • 2 nafar bola bilan – 238 700 so‘m;
      • 3 nafar bola bilan – 334 400 so‘m.

Bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari o‘zgarmaydi.

Yangi aksiz markalari va soliq stavkalari

  • eski namunadagi markalar haqiqiy emas deb hisoblanadi, ular bilan markirovkalangan tovarlar ulgurji va chakana savdo tarmog‘idan olib qo‘yiladi;
  • quyidagilar uchun yangi soliq stavkalari amal qila boshlaydi:
    • tamaki mahsulotlarining ayrim turlari;
    • alkogolli mahsulotlar;
    • neft mahsulotlarining ayrim turlari.

Sud tizimi

Ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash bo‘yicha imtihonlar onlayn tarzda yoritib boriladi.

Quyidagilarni ishlab chiqish va joriy qilish boshlandi:

  • sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarning psixologik portreti bo‘yicha kasbga munosibligini baholashga ko‘maklashuvchi elektron dasturni;
  • sudya faoliyatining samaradorligini elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholashni ta’minlaydigan aniq mezonlarni.

Mazkur chora-tadbirlar Sudyalar oliy kengashi va sud tizimi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Ipakni olib chiqish ustidan nazorat

O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari va xom ipakning olib chiqilishini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom kuchga kiradi. Endi TIF TN 5002, 5003 kodlari bilan tasniflangan tovarlarni eksport qilishda eksport qiluvchilar «O‘zbekipaksanoat» uyushmasiga eksport kontraktlari nusxalarini, narxlar kalkulyasiyasini, eksport qilinadigan tovarning har bir kilogrammi uchun $0,05 miqdorida bojxona yig‘imi to‘langanligi to‘g‘risida to‘lov hujjatini taqdim etishlari kerak.

Farzand tug‘ilganlikni qayd etish soddalashtiriladi

Barcha viloyatlar markazlarida farzand tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatish boshlanadi: elektron tibbiy ma’lumotnomani shakllantirishdan boshlab bir martalik nafaqa pulini to‘lashga qadar.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash

  • Sertifikatlangan sabzavot, dukkakli va moyli ekinlar urug‘larini hamda mevali daraxt va tok ko‘chatlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaligi va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari xaraatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining bir qismi kompensatsiya qilinadi.  Foiz stavkasining MBning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismi, shuningdek, xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining 30%igacha, lekin 3 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplanadi;
  • MBning asosiy stavkasi yillik 14% darajada saqlab qolindi;
  • eksportchi tashkilotlarga eksportoldi moliyalashtirish Eksportni rag‘batlantirish agentligi Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bunda 2021 yilda eksportchi tashkilotlarga xom ashyo sotib olish va eksportga yo‘naltiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun jamg‘armadan $100 mln ajratish nazarda tutilgan

O‘rmon xo‘jaligi sohasini qayta tashkil etish

  • Quyidagilar tashkil etiladi:
    • O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida  Ilmiy tashkilotlar faoliyati va innovatsiyalarni joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi;
    • pistachilik ilmiy-tajriba stansiyasi;
    • O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida O‘rmon iqtisodiyoti bo‘limi. 

O‘rmon va dorivor o‘simliklar urug‘chiligini  tahlil qilish markazi uning moddiy-texnik bazasini saqlagan holda o‘rmon urug‘chiligini rivojlantirish uchun O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutiga beriladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring