Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangiyo‘lda gaz chaqnashi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Yangiyo‘lda gaz chaqnashi oqibatida ikki kishi vafot etdi

30-noyabr kuni soat 7:42 da Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan uyda gaz-havo aralashmasi chaqnashi oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash natijasida uyning bir qismi qulab tushgan va xonadon sohiblari vayronalar ostida qolgan.

Turar-joyning zarar yetgan qismidan 1984-y.t. I.S., 1987-yilda tug‘ilgan I.N., 2006- yilda tug‘ilgan I.R. va 2009-yilda tug‘ilgan I.S. olib chiqilib, tibbiyot muassasasiga yuborilgan.

Chaqnash oqibatida 1984-y.t. I.S., 2006-yilda tug‘ilgan I.R. vafot etgan bo‘lib, 1987- yilda tug‘ilgan I.N. va 2009-yilda tug‘ilgan I.S. turli darajada tan jarohatlari olgan.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnashning asosiy sababi sifatida tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi taxmin qilinmoqda.

Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring