Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana Toshkent teleminorasini chaqmoq urishi haqida xabarlar tarqaldi — bunga rasmiy munosabat bildirildi

Yana Toshkent teleminorasini chaqmoq urishi haqida xabarlar tarqaldi — bunga rasmiy munosabat bildirildi

Foto: Skrinshot

«Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK, bugun 23-may kuni taxminan soat 20:30 da ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent teleminorasiga chaqmoq tushgani aks etgan video tarqalganligi yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Respublikamizning noyob arxitektura inshoati bo‘lmish Toshkent teleminorasi kuchli chaqmoq urishiga qarshi himoya tizimi va yerga ulanish konturlari bilan ta’minlangan bo‘lib, chaqmoq xavfidan to‘liq himoyalangan. Bugungi kunda Toshkent teleminorasida barcha texnik qurilmalar barqaror ishlamoqda va aholiga teleradiodasturlar uzluksiz tarqatib kelinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring