Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana shifokorni do‘pposlashdi. Lekin...

Yana shifokorni do‘pposlashdi. Lekin...

Foto: Skrinshot

Hijobli ayolning eri shifokorni kaltaklaganligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda aylanayotgan videodagi holat shu yilning 21-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Nijnevartovsk shahrida sodir etilgan. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining matbuot kotibi — Axborot xizmati rahbari Bobur Tulyaganovning telegram kanali ma’lum qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq faollaridan O‘zbekistonda sodir etilgan deb tarqatayotgan ma’lumotlarini to‘g‘rilab, tekshirib, so‘ng kanallariga joylashlarini so‘raymiz, deb yozadi Axborot xizmati rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring