Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorazmda to‘qqiz kishi is gazidan zaharlandi, qurbonlar bor

Xorazmda to‘qqiz kishi is gazidan zaharlandi, qurbonlar bor

Foto: Xabar.uz

Xorazmning Yangibozor tumanida ikki kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Viloyat FVB ushbu xabar yuzasidan ma’lumot berdi.

8 dekabr kuni soat 08:51 larda Yangibozor tumani Tibbiyot birlashmasi Tez tibbiy yordam bo‘limi dispetcheridan tuman FVBga xabar tushgan.

Unda Yangibozor tumani Bog‘olon qishlog‘ida yashagan 1958-yilda tug‘ilgan J.R. hamda nevarasi 2009-yilda tug‘ilgan R.Bning uyida vafot etgani bildirilgan. Olib borilgan dastlabki surishtiruvlar natijasida ko‘ra voqea sodir bo‘lgan xonadonda 9 nafar fuqaro bo‘lgani, shulardan 2 nafari vafot etgani aniqlandi. Qolgan 7 nafari tuman shifoxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va ularning sog‘ligi yaxshi bo‘lgani uchun uyiga ruhsat berilgan.

2 nafar fuqaro vafot etgani bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring